Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar oyida turli rusumdagi 22 099 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan.
Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:
Cobalt – 6 993 dona;
Damas – 3 628 dona;
KIA – 2 298 dona;
Onix – 1 974 dona;
Tracker – 1 900 dona;
BYD – 1 352 dona;
Haval – 1 135 dona;
Chery – 757 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 2 062 dona.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30317 | Инструменты