Marhum kichik serjant Xosilbek Eshnazarov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

"Marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lini "Jasorat" medali bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Prezident farmoni imzolandi.

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda o‘z burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘li "Jasorat" medali bilan mukofotlansin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты