Markaziy banki raisi Shahrixon tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar o'rganilib, ular faoliyatini yanada rivojlantirish uchun bank tizimi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.
Bugungi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub'ektlariga kredit to'lovlari bo'yicha berilayotgan imtiyozlar, elektron to'lov tizimlari va boshqa bank xizmatlaridan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Samarali muloqot orqali tadbirkorlarning mamlakatimiz bank tizimiga doir barcha savollari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar joyida hal qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72717 | Инструменты