Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning oktyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o'zgarishini ko'rib chiqdi.
Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko'rsatdi.
Shunday qilib, oq karamning narxi 61,5 foiz, olmaning narxi 15,4 foiz, sariq piyozning narxi 10,3 foiz, makaronning narxi 4,7 foiz, mol go‘shtining (file) narxi 4,6 foiz, o‘simlik moyining narxi 3,1 foiz, limonning narxi 1,6 foiz, bodringning narxi 1,3 foiz pasaygan.
Guruch, shakar va margarinning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan.
10 turdagi mahsulot narxlari oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Uning eng past narxi 5950 so‘mdan 9990 so‘mga ko‘tarildi.
Banan va sut narxi ham sezilarli darajada oshgan:
ularning narxi mos ravishda 3000 so‘mga va 2110 so‘mga oshgan.
Tahlil 7-sentyabr va 12-oktyabr kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122308 | Инструменты