Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini boshladi.
Talabgorlar o'z arizalarini 2023-yil 5-may 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar Davaktiv saytida ko'rsatilgan elektron manzillarga yuborishlari lozim.
Ariza quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
- ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
- ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- moliyaviy hisobot (oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha).
Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
“Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJ – fosforit konsentrati va fosfor uni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi 1998-yilda tashkil etilgan boʻlib, Jeroy-Sardarin koni (Toshqoʻra rudnigi) negizida flyurapatit turidagi donali fosforit rudasini qayta ishlab, boyitishga moʻljallangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga - 716 ming tonna.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10516 | Инструменты