Ammon shahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat tashrifi bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi oʻtkazildi.

Davlat rahbari va rafiqasini Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldilar. Birgalikda suratga tushildi. Oliy martabali mehmon sharafiga toʻplardan oʻq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi shohsupaga koʻtarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar, so‘ng faxriy qorovul askarlari davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi.

Marosim yakunlangach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112416 | Инструменты