Huawei 1
Noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz yuqoriladi

Markaziy bank noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida aholining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘zgarishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz yuqorilab, 15,3 foiz atrofida shakllangan bo‘lsa, mediana qiymati 14,1 foizgacha tezlashdi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi 12 oyda inflyatsiya ko‘rsatkichi joriy darajada yoki undan yuqoriroq bo‘lishini kutayotgan respondentlarning ulushi avvalgi oyga nisbatan 9 foiz bandga yuqorilagan. Shu bilan birga, inflyatsiyani kelgusida 13−16 foiz atrofida bo‘lishini kutayotgan respondentlar ulushi sezilarli darajada ortgan.

Shuningdek, kelgusi davrda narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursining qadrsizlanishi (51 foiz), yoqilg‘i va energiya resurslari narxining qimmatlashishi (38 foiz) ta’kidlangan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi ta’kidlaganlar kamaygan bo‘lsa, narxlarning sun’iy oshirilishi ko‘rsatganlar ulushi oyga nisbatan biroz yuqorilagan.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari joriy yilning noyabr oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi o‘tgan oyga nisbatan biroz oshib, 14,3 foizni tashkil etdi, mediana qiymati esa 12 foizni atrofida shakllandi.

Kelgusi 12 oyda inflyatsiya ko‘rsatkichi joriy darajada yoki undan yuqoriroq bo‘lishini kutayotgan respondentlar ulushi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.

Bir yildan so‘ng inflyatsiya 13−16 foiz doirasida bo‘lishini kutayotgan biznes vakillarining ulushi ortgani holda, 17−20 foiz bo‘lishini ta’kidlaganlar kamaygan.

Tadbirkor respondentlar tomonidan keyingi 12 oyda narxlar oshishiga yoqilg‘i mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (50 foiz), shuningdek, valyuta kursining qadrsizlanishi (48 foiz) hamda import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar qimmatlashishi (32 foiz) kabi omillar ta’sir etishi mumkinligini ta’kidlaganlar ulushi oshgan.

Inflyatsion kutilmalar — turli guruhlar bo‘yicha mos javobni belgilagan aholi sonining o‘sha javoblar o‘rtacha qiymatiga ko‘paytmalari yig‘indisini jami aholi soniga nisbati (o‘rtacha ko‘rsatkich).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты