Huawei 1
Oʻzbekiston 2 oyda 151 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSH dollaridan oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSH dollariga yoki 10,5 % ga oshgan.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 151 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,5 %), Rossiya (17,8 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

- Eksport – 3,6 mlrd

- Import – 6,3 mlrd.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70617 | Инструменты