Qaysi viloyati oyoq kiyim eksportida yetakchi?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 21,2 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 618,3 ming juftga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
- Qirg‘iz R. – 9,2 mln juft;
- Tojikiston – 5,3 mln juft;
- Qozog‘iston – 5,3 mln juft;
- Afg‘oniston – 596 ming juft;
- Rossiya – 418 ming juft.
2022 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 14,1 mln AQSH dollari;
- Farg‘ona viloyati – 7,1 mln AQSH dollari;
- Samarqand viloyati – 6 mln AQSH dollari;
- Toshkent viloyati – 1,1 mln AQSH dollari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72702 | Инструменты