Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2023-yilning may va oktyabr oylari oralig’ida O‘zbekiston bank tizimida raqobat darajasining o‘zgarishi tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabr holatiga asosan, mamlakatdagi tijorat banklarining aktivlari hajmi 615,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu 1-may holatiga nisbatan qariyb 8,7 foiz ko‘p. Mazkur ko‘rsatkichlar bank tizimida aktivlar bo‘yicha raqobat kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtisodiy faoliyat subyektlariga taqdim etilgan kreditlarning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari hajmi 451,6 trillion so‘mga yetgan. Bu 1-may holatiga nisbatan 9,2 foiz punktiga ko‘p. Bu davrda xususiy banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning butun bank tizimi jami kreditlar hajmidagi ulushi 18,5 foizdan 28 foizga oshdi. Davlat ulushi mavjud eng yirik 3 ta bankning ulushi esa 46,1 foizdan 44,8 foizgacha kamaydi. Bu ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Chunki u bank tizimida ham bozor mexanizmlarining tobora keng tatbiq etilayotganini ko‘rsatadi.
Depozitlar bo‘yicha banklar o‘rtasida raqobat darajasi oshgan. Bu davrda tijorat banklaridagi depozitlar hajmi sezilarli darajada oshdi.
1-oktyabr holatiga ko‘ra, 221,3 trillion so‘mga yetdi va 1-may holati bilan taqqoslaganda 7 foizga o‘sdi. Depozitlar hajmining sezilarli darajada ko‘payishi aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani bilan birga depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligi saqlanib qolayotganiga ishoradir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты