«Uzbek Overseas Geology Company» Afg‘oniston hududida geologik-qidiruv loyihasini amalga oshirishni boshladi. Ishlar Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida olib borilib, uglevodorod resurslari, shuningdek, temir va mis konlarini aniqlashga qaratilgan.

Balx viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Nurul Xodi Abu Idris hamda kompaniya bosh direktori Xayitboy Omonov ishtirokida geologik-qidiruv ishlariga rasman start berildi. Kompaniya afg‘on tomoni bilan olib borilgan muzokaralar yakunida tegishli litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22512 | Инструменты