Huawei 1
O‘zbekiston mis mahsulotlari AQSH va Meksikaga eksport qilinmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha deyarli 82 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3 foizga bajarilgan. Bu haqda  “Olmaliq KMK” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qilinsa, 7,3 ming tonna mis mahsulotlari, 4,6 ming tonna rux metali, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik isteʼmolchilarga yuborilgan.

Kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yilga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023 yilda mis mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – AQSH, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты