Qayd etilishicha, bu kabi platformalardan kiberjinoyatchilik, tahdid va tovlamachilikka ko‘maklashish, shuningdek, qonunni buzuvchi, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki ekstremizm va radikalizmni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatish maqsadida foydalanishning oldini olishga qaratilgan.
Iordaniyada raqamli xavfsizlikni oshirish, foydalanuvchilarni himoya qilish hamda xavf-xatarlar va noqonuniy xatti-harakatlarni kamaytirish chora-tadbirlari doirasida Telegram messenjeri bloklandi, deya ma’lum qildi qirollik Jamoat xavfsizligi boshqarmasi (PSD). Bu Amman News xabar berdi.
“Ushbu chora bu kabi platformalardan kiberjinoyatchilik, tahdid va tovlamachilikka ko‘maklashish, shuningdek, qonunni buzuvchi, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki ekstremizm va radikalizmni targ‘ib qiluvchi kontent tarqatish maqsadida foydalanishning oldini olishga qaratilgan”, — deya bayonot berdi boshqarma.
Roya News xabariga ko‘ra, dushanba kuni Iordaniyadagi foydalanuvchilar Telegram serverlariga ulanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, shuningdek, xabarlar va multimedia fayllarini yuborish hamda qabul qilishda muammolar kuzatilayotganini bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111615 | Инструменты