Hafta davomida Oʻzbekistonning katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi

Bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq atrofida, janubda 20-22 daraja iliqqacha boʻladi. Bu haqda O'zgidromet ma'lum qildi.

Hafta davomida Oʻzbekistonning katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning shimolida va choʻl hududlarining ayrim joylarida 17-18 va 20 noyabr kunlari yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati 17 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi, 18-20 noyabrda havo asta-sekin kechalari 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha isiydi.

Hafta boshida havo harorati meʼyordan 3-5 darajaga yuqori, hafta oxirida esa meʼyordan 8-10 darajaga yuqori boʻladi. 16-18 noyabr kunlari baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-20 noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Toshkentda: havo oʻzgaruchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari 16-18 noyabrda 15-17 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda, 19-20 noyabrda 20-22 daraja iliqqacha isiydi, kechalari 17 noyabrda 4-6 daraja iliq boʻladi, 18-20 noyabrda 10-12 daraja iliqqacha isiydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты