Huawei 1
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi

10−11-iyun kunlari Avstriya poytaxti Vena shahrida Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan Qirg‘iziston xalqaro energetika investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad — Qirg‘izistonning energetika sohasini isloh qilish borasidagi ishlarini namoyish etish, investitsiya imkoniyatlarini, jumladan, Qambarota GES-1 loyihasini muhokama qilish, Markaziy Osiyoda toza energiyaga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha salohiyatni namoyish etish.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va qator xalqaro moliya institutlari vakillaridan iborat 200 ga yaqin energetika sohasi vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari o‘rtasida Qambarota GES-1'ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.

Bundan tashqari, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Qambarota GES-1'da suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты