O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy import qilish bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Bu haqda "APK-Inform" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-2024-yillarning sentyabr-fevral oylarida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,6 mln tonna bug‘doy yetkazib bergan. Bu o‘tgan mavsumning shu davriga nisbatan 1,529 mln tonnaga ko‘p.
Joriy yilning fevral oyida eksport hajmi so‘nggi to‘rt oydagi eng yuqori ko‘rsatkichga – qariyb 296 ming tonnaga yetgan. O‘tgan yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importini besh yil ichida keskin oshirgani aytilgandi.
Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 3,88 mln tonnani tashkil etgan. Bu 2022-yilgi ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pini tashkil etib, oxirgi besh yilgi g‘alla mavsumi uchun rekord natijadir.
Ma’lumot uchun, 2023-yil mobaynida ham bug‘doyning eng katta hajmi O‘zbekistonga yuborilgan – qariyb 2 mln tonna, o‘sish esa 40 foizga teng bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты