Huawei 1
O‘zbekiston tijorat banklaridagi eng foydali avtokreditlar reytingi eʼlon qilindi

“Iqtisodiy sharh” jurnali tahririyati 2024-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistonda aholiga berilgan eng foydali avtokreditlar haqida sharh tayyorladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yilning 11 oyi davomidagi mavjud statistik maʼlumotlariga ko‘ra, banklar tomonidan avtokreditlar uchun jami 34 660,6 mlrd. so‘m ajratilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda 31 tijorat bankidan atigi 21 tasi birlamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kredit taklif qilmoqda.

Hozirgi kunda jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozorda avtotransport vositalarini xarid qilish uchun: “O‘zagroeksportbank”, “Okto bank”, “Universal bank”, “O‘zKDB Bank”, “Madad Invest Bank”, “Kapital bank”, “Davr Bank”, “Garant Bank” va “TBC Bank” kredit bermaydi. Asosan, yuqorida aytib o‘tilgan banklarning bir nechtasida avtokredit vaqtincha to‘xtatilgan. Baʼzi banklarda avtomobil narxining 15%gacha depozit, garov, sug‘urta polisi yoki kafolat kabi talablar mavjud. Bundan tashqari, foiz stavkalari avtomobil narxining dastlabki to‘loviga qarab o‘zgaradi.

Natijalarga ko‘ra, “Xalq bank” jismoniy shaxslar uchun foydali avtokreditlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bunga yillik foiz stavkasi 25%, dastlabki to‘lov 25%, 5 yil muddatga va 600 mln so‘mgacha ajratilgan kredit summasi yordam berdi.

Tahliliga ko‘ra “Aloqa bank” 2-o‘rinni egalladi. Bank quyidagi shartlar asosida avtokreditlar beradi: yillik foiz stavkasi-10%, dastlabki to‘lov-26%, kredit muddati-60 oy va kreditning maksimal miqdori-500 mln. so‘m.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, “Ipoteka bank” 3-o‘rinni egalladi va quyidagi shartlarda avtokreditlar beradi: yillik foiz stavkasi-26%, dastlabki to‘lov-10% kredit muddati 60 oy va maksimal kredit miqdori 480 mln. so‘m.

"Mikrokredit bank" reytingda 29-o‘rinda joylashgan bo‘lib, ushbu bank o‘z mijozlariga quyidagi shartlarda avtokreditlar taklif etadi: yillik foiz stavkasi – 29%, dastlabki to‘lov - 30%, kredit muddati-60 oy va maksimal kredit miqdori 660 mln. so‘mgacha.

Shunday qilib, “Asaka bank” umumiy reytingda 30 va 31-o‘rinlarni egallab, avtokreditlarni ajratish uchun quyidagi shartlarni belgilab qo‘ydi: dastlabki to‘lov 30%, yillik foiz stavkasi mos ravishda 31-30%, kredit muddati 48-60 oy, kredit miqdori esa 500 mln. so‘mgacha.

Baʼzi tijorat banklarida foiz stavkalarining +4%gacha biroz o‘zgargani kuzatilmoqda, shuningdek, o‘rtacha yillik stavkasi o‘zgarib, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining noyabr oyidagi sharhi bilan solishtirganda, joriy yilning yanvar oyida 27%ni tashkil etdi.

Taʼkidlanishicha, “BRB Bank” (24%) jismoniy shaxslarga birlamchi bozorda avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokreditlar bo‘yicha eng past stavkani, eng yuqori stavkalarni esa “Anor bank” (36%) va “Asaka bank” (31%) taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82200 | Инструменты