"Bizningcha, adolatli bo‘lishi uchun uchrashuv Yevropaning neytral qismida o‘tkazilishi kerak, bu fikrni yevropaliklar ham ta’kidlagan. Biz Rossiya prezidenti bilan uchrashuv Shveysariya va Avstriyada o‘tkazilishiga rozimiz", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Turkiyaga ham qarshi emas, ammo Moskva yoki Budapeshtda uchrashuv bo‘lishi mumkin emas.
"Bugungi kunda muzokaralarni Budapeshtda o‘tkazish murakkab masala. Ochig‘ini aytish kerak, Vengriya bizni qo‘llab-quvvatlamadi. Men Orban siyosati Ukrainaga qarshi edi demayman, ammo u Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi edi", — deya tushuntirdi Zelenskiy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82119 | Инструменты