Huawei 1
"Abdulloh qori aka" nomi bilan tanilgan TikTokerga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan V. D. (1999 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ma'lumot uchun, u joriy yilning mart oyida Abu-Dabi – Samarqand reysi orqali O‘zbekistonga olib kelinib, hibsga olingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82113 | Инструменты