2017 yilda respublikaga har bir chet ellik sayyoh o‘rtacha 197 dollar sarflagan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 400 dollarga yetdi.
Saudiya Arabistonining ommabop "Sado" gazetasi saytida "O‘zbekiston mamlakatni jahon sayyohlik xaritasiga kiritish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Saudiya gazetasida ma’lum qilinganidek, sayyohlarning O‘zbekistonda o‘rtacha bo‘lish muddati 4-5 kunni tashkil etmoqda. Bu 2019 yilga (2-3 kun) nisbatan 1,5 barobarga oshgan.
2017 yilda respublikaga har bir chet ellik sayyoh o‘rtacha 197 dollar sarflagan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 400 dollarga yetdi, 2023 yilning 9 oyi davomida turizm sohasidan olingan daromad miqdori esa 1,72 milliard dollarni tashkil etdi.
"Butunjahon sayyohlik tashkiloti tomonidan e’lon qilingan turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan 20 ta davlat ro‘yxatida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi", - deb yozgan "Sado".
Alpha version: 0.9.1.19 build 122308 | Инструменты