Huawei 1
O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish boshlandi

O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ikkita MCHJ kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston istiqbolli loyihalar agentligi xabariga ko‘ra, agentlik tomonidan kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun “Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJlarga birinchi litsenziyalar berildi.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.

Shu bilan, Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJlar Markaziy Osiyo va MDH hududidagi birinchi kripto-do‘konlar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O'zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42409 | Инструменты