Jamoatchilik Rossiya TIV vazirining so‘zlariga keskin javob qaytarmoqda

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi. Shundan so'ng jamoatchilik uning so‘zlariga keskin javob qaytarmoqda.

 “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov rus siyosatchilari O’zbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bo’lgan munosabatni yomonlashtirish uchun hamma yo’llarni sinab ko’rayotganini ta'kidlagan

Nega O‘zbekistonda yoshlar hech kim eslatib turmasa ham ingliz, nemis, turk va arab tillarini o‘rganishga harakat qiladilar? 

So‘rab olingan hurmat va yolg‘on yaratilgan ehtiyojdan faqat teskari natija bo‘lishini vazir Lavrov bilmasligi mumkin emas, deya yozgan Alisher Qodirov.

Mazkur holat yuzasidan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham o‘z pozitsiyasini namoyish qilib, Sergey Lavrovga murojaat qildi.

Endi bir kami senga hisob berishimiz qoluvdi. Rus tilidagi yozuvni borib Rossiyangdan qidirasan.

Rossiya mulozimining gaplarini men diplomatik bezbetlik, deb qabul qildim. Hech bo‘lmasa, taklif sifatida “rus tilida ham matn bo‘lsa, xursand bo‘lardik” desa ham mayli ekan. Xuddi “yuqoridan” tekshiruvchi kelgandek, “qani ruschasi?” deb so‘roqqa tutishiga o‘laymi.

Ishqilib, biznikilar shosha-pisha ruscha matn qo‘yishmaydi, degan umiddaman. O‘zbekcha va inglizcha matn juda to‘g‘ri qaror bo‘lgan. O‘zgartirish shart emas, menimcha, deydi Xushnudbek. 

Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Moskva Bosh maydoniga o‘zbekcha ham yozilsa, keyin o‘ylab ko‘rishimiz mumkin, deya Rossiya TIV vaziriga javob qaytargan

O‘zbek xalqi tilni majburiyat emas, imkoniyat deb tanlaydi. Xorij tilini sun’iy targ‘ib qilish muhabbat emas, qarshi munosabat uyg‘otadi. Qolaversa, hurmat talab qilinmaydi — u singadi.

P.S. Moskva Bosh maydoniga o‘zbekcha ham yozilsa, keyin o‘ylab ko‘rishimiz mumkin.

Holat haqida batafsil

Yodgorlikdagi halok bo‘lgan askarlarga bag‘ishlangan so‘zlar o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan. “Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim. Ona — bu eng muqaddas zot”, degan Lavrov ekskursovodga (TASS bergan iqtibos). Ushbu suhbat chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham ishtirok etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22216 | Инструменты