Huawei 1
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshdi

Respublikada nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi ko‘tarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 151 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 424 ming so‘m bo‘lgan.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan —8,7 million so‘m. Bu miqdor o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 foiz o‘sgan. Shu bilan birga, Navoiy (6,6 million so‘m), Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda (4,2 million so‘m) nisbatan yuqori o‘rtacha oylik ish haqi to‘langan.

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Toshkent shahridadan tashqari Samarqand (17,8 foiz), Andijon (16,2 foiz), Farg‘ona (14,2 foiz) hamda Navoiy (14,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,5 million so‘m;
  • Axborot va aloqa — 12,8 million so‘m;
  • Tashish va saqlash — 8,1 million so‘m;
  • Sanoat — 6,3 million so‘m;
  • Savdo — 6 million so‘m;
  • Qurilish — 5,7 million so‘m;
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,7 million so‘m;
  • Taʼlim — 3,5 million so‘m;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты