O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda 10,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi

2024-yilning yanvar-may oylarida 122 862 ta tashkilot 10,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Shu bilan birga:
— 2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 7,9 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
— 5 958 ta korxona 13 trln so‘m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

—️ QQS – 5,4 trln so‘m;
—️ yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;
—️ foyda solig‘i – 1,2 trln so‘m;
—️ ijtimoiy soliq – 979,2 mlrd so'm;
—️ mol-mulk solig‘i – 725,6 mlrd so‘m;
—️ JShODS – 357 mlrd so‘m
—️ AOS – 48,7 mlrd so‘m;
—️ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,4 mlrd so‘m.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70311 | Инструменты