Yunusobodda suv o‘tkazgich tarmog‘i yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yunusobod tumani 5, 6, 7 dahalarida texnogen suv bosish hodisalari kuzatilayotgani haqida videolar tarqaldi. 

"Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ ma’lum qilishicha, Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasi va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm  katta suv o‘tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga kelgan.

Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor kochalari, G‘ishtqo‘rg‘on kochalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shu bilan birga, ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmaydi.

Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70518 | Инструменты