Huawei 1
O‘zbekistonda soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi 96 foizni tashkil etdi

Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2024-yil II chorakda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 96 foizni tashkil etdi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida qayd etildi – 98 foiz. 

Ko‘rsatkich: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida – 96 foiz;
  • Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona
     viloyatlarida – 95 foiz.

Soliq turlari kesimida:

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99 foiz;
  • aksiz solig‘i – 98 foiz;
  • QQS – 97 foiz;
  • foyda solig‘i – 96 foiz;
  • AOS – 96 foiz;
  • JSHODS – 96 foiz;
  • mol-mulk solig‘i – 95 foiz;
  • yer solig‘i – 95 foiz; 
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 92 foiz. 
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты