Shimoliy va Markaziy Osiyoga 2023-yilda Grinfild investitsiyalari (noldan rivojlantirish kerak bo‘lgan loyihalar) oqimi 27 foizga oshib, 24,8 milliard dollarga yetdi. Biroq O‘zbekistonga 49 foizga kamayib, 4 milliard dollarni tashkil qildi. BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy hamda ijtimoiy komissiyasi tegishli hisobotini e’lon qildi.
Davom etayotgan geosiyosiy taranglikka qaramay, Rossiyaga kiritilgan grinfild investitsiyalari 88 foizga oshib, 1,1 milliard dollarga yetgan. Mintaqada to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy qismini qabul qilgan mamlakatlar quyidagilar:
Qozog‘iston 2024-yilning shu davrigacha mintaqadagi jami to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 63 foizini o‘ziga jalb qilmoqda. Bu asosan Qatarning UCC Holding kompaniyasi tomonidan mamlakat bo‘ylab ikkita gazni qayta ishlash zavodi, yangi kompressor stansiyasi va ikkita qo‘shimcha magistral gaz quvurini qurish uchun ajratilgan 11 milliard dollarlik investitsiyalar hisobigadir.
Qolgan mamlakatlar — Turkmaniston (339 million dollar), Tojikiston (281 million dollar), Gruziya (126 million dollar) va Armaniston (67 million dollar) — bu yil nisbatan kamroq sarmoya talab qiladigan loyihalarga jalb etilgan.
2024-yilda submintaqadan chiqib ketgan investitsiyalar 2023-yildagi qayta tiklanishdan so‘ng keskin kamaydi.
Tashqi investitsiyalar 58 foizga kamayib, 2,3 milliard dollarni tashkil etdi, buning 90 foizi yoki 2,1 milliard dollari Rossiyaga to‘g‘ri keldi. Shundan rossiyalik investorlar Hindiston va Belarusning ko‘mir, neft va gaz sohalariga 847 million dollar yo‘naltirdi.
Mintaqadagi chet elga yo‘naltirilgan grinfild investitsiyalari manbalari esa Gruziya (105 million dollar), Ozarbayjon (76 million dollar), Qozog‘iston (47 million dollar) va Armaniston (7 million dollar) bo‘ldi.
Grinfild investitsiyalari — bu noldan boshlab rivojlantirilishi kerak bo‘lgan loyihalardir. Investor sanoat inshootlarini qurish uchun bo‘sh yer maydonini qo‘lga kiritadi. Odatda, bunday yerlar sanoat parklarida joylashgan bo‘ladi. Loyihaning yuqori xarajatlarini hisobga olgan holda, bu sohaga ko‘pincha yirik biznes vakillari qiziqish bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10505 | Инструменты