Huawei 1
O‘zbekistonga 6 oyda qiymati 52,1 mln AQSH dollarlik yengil avtomobil shinasi import qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 397 ming dona yengil avtomobil shinalari import qilingan.

O‘zbekiston 2023 yilning 6 oyida eng ko‘p yengil avtomobil shinalarini import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1 865,4 ming dona
— Koreya  – 219,8 ming dona
— Slovakiya – 151,3 ming dona
— Turkiya  – 58,7 ming dona
— Chexiya – 56,8 ming dona  
— Rossiya  – 15,5 ming dona
— Braziliya  – 15,3 ming dona
— Boshqa davlatlar – 13,7 ming dona

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51108 | Инструменты