Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024-yilda 38,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1%ga bajarilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Olmaliq KMK" Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva maʼlum qildi.
2024-yilda o‘z xomashyosidan kombinat tarixida birinchi marotaba 130,0 ming tonna mis ishlab chiqarish evaziga rekord natija qayd etildi.
Bundan tashqari, o‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish vazifasi 117,1%ga uddalangan.
Polimetall rudalarni qazib olish va ularni qayta ishlash rejasi esa 100,5%ga bajarilgan.
Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash hamda mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni emallangan mis simlar, molibden 3 oksidi, sulfat kislotasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishi ham taʼminlangan.
2024 yilda 268 ta loyiha bo‘yicha 1 trln 567 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 103%ga bajarildi. 2023 yilgan nisbatan o‘sish 3,6 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 121,5 mln dollarni tashkil qildi.
2024 yilda 610,9 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 111,1%ga bajarildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Investitsiya dasturi bo‘yicha 2024 yilda 1 mlrd 943,9 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib, prognoz 103,2%ga bajarildi.
OKMK tomonidan 2024 yilda davlat byudjetiga jami 19,3 trln so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11807 | Инструменты