Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi.
U 2022-yilning dekabr oyidan buyon ushbu lavozimga faoliyat olib borayotgandi.
Bahodir Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega. 1992-yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan. 1992—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.
2012—2016-yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. O‘rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11802 | Инструменты