Huawei 1
Oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil oktyabr oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,2 % ga yetgan.

2024 yilning oktyabr oyida isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты