16-sentabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bir gramm oltin tannarxi 1 mln 97 ming 200 so‘mga yetdi yoki o‘tgan jumaga nisbatan 1,35%ga qimmatladi. Besh grammlik o‘lchagich 5 mln 486 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 486 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 971 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 21 mln 942 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 54 mln 855 ming so‘mni tashkil qiladi.
Qimmatbaho metalning narxi sentabr oyi boshidan buyon uchinchi marta yangi cho‘qqiga chiqdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon 29,4%ga o‘sdi.
Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2590ga yaqinlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты