Huawei 1
OTB O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini yaxshilash uchun $240 mln qarz ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini transport aloqasini yaxshilash va qishloq taraqqiyotiga ko‘maklashish maqsadida xavfsizroq va iqlim o‘zgarishiga chidamliroq qilish uchun 240 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Bank Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu loyiha 2030-yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llarini rivojlantirish milliy strategiyaga va 2035-yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llari strategiyasiga muvofiq bo‘lib, hukumatning qishloq yo‘llarini rivojlantirish dasturini oldinga siljitish imkonini beradigan asosiy tashabbus bo‘lib hisoblanadi. 

Asosiy e’tibor 12 viloyat va Qoraqalpog‘istondagi mahalliy va xo‘jaliklararo qishloq yo‘llariga qaratiladi. Yaxshilashlar qirg‘oqlar, ko‘priklar, suv o‘tkazgichlar va drenaj tizimlarini kuchaytirish orqali transport qatnovi sig‘imi, sifati, aloqa, xavfsizlik va iqlimga chidamlilikni oshirishga qaratilgan.

Loyiha O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ilg‘or tashabbus bo‘lib, qishloq aholi punktlari va fermerlarga bozorlar, maktablar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va tuman markazlariga har qanday ob-havo sharoitida borish imkonini beradi.

“Dengizdan ikki davlat bilan ajratilgan O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi qishloq xo‘jaligi asosiy tirikchilik manbai bo‘lgan qishloq joylarda istiqomat qilayotgani uchun aloqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xavfsiz, ishonchli va iqlimga chidamli qishloq yo‘llari orqali qishloq jamoalari va bozorlar va xizmatlar o‘rtasidagi aloqani saqlab qolish inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, — dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты