O'zbekiston bosh konsuli Jamoliddin Abdukarimov Qozog'istonning Mang'istau viloyatidagi "Quriq port" bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashdilar.
Port rahbari bandargohning ayni paytdagi holati, infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar xususida so'zlab berdi.
"Quriq port"ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan portda "Sarja" ko'p funksiyali dengiz terminali qurilishi yakunlanmoqda.
Ushbu transport-logistika markazi loyihasi don va ko'p funksiyali terminallar va umumiy yuk terminallari qurilishini o'z ichiga oladi. Bu portning yuk o'tkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi", dedi u.
Qozog'iston tomoni o'zbekistonlik eksportchilar murojaatlarini qabul qilish va ular bilan yaqindan ishlashga tayyorligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120500 | Инструменты