Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi

“Ayvoni Sadr” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu nufuzli mukofot koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofi hamda Oʻzbekiston xalqiga doʻstona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

Oʻzbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarilib borishiga ishonch bildirildi.

Taʼkidlash joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20617 | Инструменты