Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 69,7 trln so‘mni tashkil etgan.
2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga o‘sgan. Ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 22 % darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida mazkur yo‘nalishda nisbatan yuqori ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (13,3 trln so‘m), Toshkent (4,4 trln so‘m), Samarqand (4,2 trln so‘m), Farg‘ona (3,1 trln so‘m) hamda Andijon (2,7 trln so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты