Huawei 1
Toshkent viloyatidagi postda 700 dan ortiq bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali O'zbekistonga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida avtoulovning yuk xonasida  yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan 600 dona hayvon shoxlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, 2 dona qopda og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan hamda  yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 117 dona  shohlar fosh etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga ko‘ra aniqlangan shoxlar bug‘u turiga mansubligi maʼlum bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, bug‘ular Yevroosiyoning mamlakatlarida uchraydi va ular O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11515 | Инструменты