Ovchilik bilan shug‘ullanishni istagan jismoniy shaxslarning my.gov.uz portali orqali ovchilik guvohnomasini olishi yana-da osonlashdi.
Xizmat quyidagi qulayliklarga ega:
- Hech qanday hujjatlar talab etilmasligi
- Avtomatik tekshiruvlar
- 5 ish kuni ichida QR-kod bilan rasmiylashtirilgan guvohnoma
- 10% chegirma hisobiga to‘lov – 675 000 so‘m
- Guvohnoma 2 yil muddatga amal qiladi.
Eslatma: Ushbu xizmatdan ov qilish huquqidan mahrum etilmagan va maxsus o‘quv kursi sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.
Mazkur sertifikat “HunterUzb” mobil ilovasi orqali ovchilik yo‘nalishidagi maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты