Huawei 1
O'zbekistonda yanvar oyida isteʼmol tovarlari narxi oshdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil yanvar oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 9,9 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1,1 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20414 | Инструменты