2027-yildan qurilişda pudrat taşkilotlarining xarajatlarini hisoblaş tartibi özgaradi

Hukumat qarori bilan Quriliş obyektlarining şartnomaviy joriy narxlarini hisoblaşda pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlarini aniqlaştiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga köra, 2027 yil 1 yanvardan boşlab byudjet tizimi byudjetlari mablağlari hamda ustav fondida davlat uluşi 50% va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan quriliş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlari böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş hamda obyektlarning boşlanğiç qiymatini aniqlaşda quriliş sohasidagi işçi-xodimlarning mehnatiga haq tölaş miqdori respublika böyiça 1 kişi/soat uçun mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 foizida belgilanadi.

Şuningdek, pudrat taşkilotlarining işlab çiqarişga doir boşqa xarajatlari töğridan-töğri xarajatlar summasining 2,5 foizi, toğli, çöl, yetib boriş qiyin bölgan hududlardagi ob’yektlarda 5 foizi miqdorida belgilanadi. Pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari smeta qiymatining 20 foizi hamda zarur foyda 7 foizi miqdorida belgilanadi.

Töğridan-töğri şartnomalar böyiça:

- pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlarini hisoblaş, tekşiriş va tasdiqlaş jarayonlari “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi orqali elektron şaklda amalga oşiriladi;

- pudrat taşkiloti taşkil topganiga bir kalendar yildan oşmagan va balans körsatkiçlari, moliyaviy hisobotlar va hisobot körsatkiçlari topşirilmagan hollarda boşqa xarajatlar smeta qiymatining 10 foizi hamda zarur foyda 7 foizi miqdorida qabul qilinadi.

Işlab çiqarişga doir boşqa xarajatlar uçun ajratilgan mablağlar haqiqatda bajarilgan işlar hajmi va qiymatidan kelib çiqqan holda moliyalaştiriladi.

Tender (tanlov) asosida rasmiylaştiriladigan şartnomalarda şartnoma davrida pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari miqdoriga özgartiriş kiritilişiga yöl qöyilmaydi (soliq töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga özgartiriş kiritilgan hollar bundan mustasno).

Pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari miqdori töğrisidagi ma’lumotlar pudrat taşkilotlari kesimida “Şaffof quriliş” MATda e’lon qilib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102316 | Инструменты