Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladi

Hukumat qarori bilan Maxsus hududda joylaşgan qattiq yoqilğida işlovçi issiqxonalarga belgilanadigan ekologik talablar töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga köra, Toşkent şahri, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlari issiqxona xöjaliklari faoliyati uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladigan hudud etib belgilandi.

Maxsus hududda isitiş tizimiga ega bölgan issiqxona xöjaliklari faoliyati faqatgina tabiiy gaz şu jumladan, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, geotermal energiya, quyoş energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarida hosil böladigan ikkilamçi issiqlik energiyasidan foydalangan holda amalga oşiriladi.

Qattiq yoqilğida (kömir, briket va biomassa pelletlari) faoliyat yuritayotgan issiqxona xöjaliklari 2026 yil 1 dekabrga qadar isitiş turini yuqoridagi turlarga özgartirib, faoliyatini davom ettiradi.

Qattiq yoqilğidan faqatgina quyidagi talablarning barçasini bir vaqtning özida bajargan holda foydalanişga ruxsat etiladi:

qozon qurilmalarini yoqilği uzatiş va yoniş jarayonini avtomatik boşqariş tizimi hamda çang-gaz tozalaş uskunalari bilan jihozlaş;
uzluksiz avtomatik monitoring tizimini örnatiş va uni Ekologiya qömitasining axborot tizimlariga integratsiya qiliş;
uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bölişi;
onlayn kameralar, quvvat manbai va zaxira generatori örnatiş;
hosil bölgan çiqindilarni utilizatsiya qiliş.

Issiqxona xöjaliklarida şinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, işlatilgan moylar, maişiy va işlab çiqariş çiqindilarini hamda şunga öxşaş tarkibli materiallarni yoqilği sifatida yoqiş qat’iyan taqiqlanadi.

2028 yil 1 yanvarga qadar çang-gaz tozalaş uskunalari, qozon qurilmalari, energiya tejamkor ekranlar, energiya samarador texnologiyalar, elektr, geotermal, quyoş va kogeneratsiya asosidagi isitiş uskunalarini xarid qiliş xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektari uçun 50 mln sömdan oşmagan qismiga davlat byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;

- avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilişda istak bildirgan issiqxonalarga uç tomonlama şartnoma tuziş orqali 7 yil muddatga foizsiz bölib-bölib tölaş şarti bilan har bir stansiya uçun 350 mln sömdan ortiq bölmagan mablağlar moliyalaştiriladi;

2026–2027 yillarda elektr energiyasi, geotermal, quyoş energiyasi, kogeneratsiya isitiş tizimlariga ötiş loyihalari uçun tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (şundan, bank marjasi 4 foiz) loyiha qiymatining 50 foizigaça qismiga va har bir gektarga 3 mlrd sömgaça kreditlar ajratiladi.

2026 yil 1 dekabrdan boşlab belgilangan talablarga javob bermaydigan issiqxona xöjaliklariga davlat ekologik ekspertizasi böyiça ijobiy xulosa berilmaydi, ilgari berilgan xulosaning amal qilişi belgilangan tartibda vaqtinça töxtatiladi. Bunda issiqxonani elektr, gaz va suv ta’minotidan uziş çoralari köriladi.

Maxsus hududdagi issiqxona xöjaliklarida har yili 15 oktyabrdan 15 martga qadar nazorat va monitoring işlari amalga oşiriladi. Inson hayoti va soğliğiga yuqori xavf soluvçi omillar aniqlangan taqdirda issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvçi manba 10 kungaça vaqtinça töxtatib turiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102315 | Инструменты