Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat delegatsiyasi aʼzolari Leyptsig shahridagi «Avestos» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis oʻquv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini tashkil etish loyihasi ilgari surilgan.
Maktabda nemis tili va kasb-hunar jumladan, mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi. Tadbir yakunida ikki tomon oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolangan.
Shuningdek, Germaniyada xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohalarida dual tizim asosida oʻqib ham ishlayotgan yoshlar bilan ushrashuv oʻtkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты