Huawei 1
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamayotgani sababi ma'lum qilindi

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida pul o‘tkazmalari 2023-yilda qariyb 78 milliard dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida pul o‘tkazmalari 2021 va 2022-yillarda mos ravishda 15,5 va 18,5 foizga o‘sgan, 2023-yilda esa 1,4 foizga qisqarishi kutilmoqda. Ammo pul o‘tkazmalari hajmi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldingi holatga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Bu yilgi ko‘rsatkichlarning zaifligi asosan Rossiyadan qo‘shni davlatlarga pul o‘tkazmalarining sekinlashishi bilan bog‘liq.

Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi Rossiyadan katta hajmdagi pul o‘tkazmalarini olgan mamlakatlarda ularning hajmi bosqichma-bosqich kamaymoqda. Xususan, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng ko‘p pul o‘tkazmalarini oluvchi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oqimi 2022-yildagi 16,7 milliard dollardan (YIMning taxminan 21 foizi) 2023-yilda 16,1 milliard dollargacha (YIMning taxminan18 foizi) qisqarishi taxmin qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining eng yirik manbai bo‘lib qolmoqda va bu mamlakatga yuborilgan umumiy pul o‘tkazmalarining qariyb 80 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2019–2021-yillarda Rossiyadan yuborilgan pul jo‘natmalari O‘zbekistonga o‘tkazilgan jami pul o‘tkazmalarining yarmini tashkil qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты