Shuhrat Otaboyev Xalq banki raisi etib tayinlandi
Xalq banki boshqaruv raisi Farhod Salomov o'z lavozimidan ozod etildi va uning o'rnini prezident maslahatchisi o'rinbosari Shuhrat Otaboyev egalladi.
Shuhrat Otaboyev 1978 yilda tug'ilgan. Toshkent moliya instituti (2000 yil), keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti (2005 yil) hamda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2010 yil) tamomlagan.
2001-2012 yillarda O'zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda «Xalq banki» AT boshqaruvi raisi o'rinbosari etib tayinlangan. 2017 yil iyunidan 2018 yil 14 noyabriga qadar Markaziy bank raisi o'rinbosari lavozimida ishlagan.
2018 yil 14 noyabrda «Ipoteka bank» ATB raisi lavozimiga tayinlangan.
Shuhrat Otaboyev 2021 yil fevral oyidan buyon O'zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahatchisi Ravshan G'ulomovning o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112111 | Инструменты