Huawei 1
Qo'shma Shtatlar G'azoda o't ochishni to'xtatish bo'yicha BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi loyihasini blokladi

Qo'shma Shtatlar G'azoda o't ochishni to'xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni talab qiluvchi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasini blokladi

13-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasini Rossiya qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Nebenzyaning aytishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi Falastin va Isroil o'rtasidagi ziddiyatni hozirgi boshi berk ko'chadan olib chiqish yo'lidagi to'g'ri qadam va tinchlik jarayonini qayta boshlash uchun muqaddima bo'ladi. Doimiy vakil Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlikka erishishning boshqa yo‘li yo‘qligini ta’kidladi.

Axios nashrining yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden yangi saylangan davlat rahbari Donald Trampdan HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishishda yordam berishni so‘ragan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112114 | Инструменты