Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida qurilgan ona-bola xonasi va hojatxona tarjiba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan boshqa 9 ta bekatda ham shunday maxsus xonalar qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Metropoliten matbuot xizmati hojatxonalar quriladigan bekatlar nomini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta bekat tanlab olingan:
- "Buyuk ipak yo‘li" bekati;
- "Amir Temur xiyoboni" bekati;
- "Mustaqillik maydoni" bekati;
- “Paxtakor” bekati;
- “Olmazor” bekati;
- “Beruniy” bekati;
- “Chorsu” bekati;
- “Do‘stlik” bekati;
- “Bodomzor” bekati.
Shuningdek, hozirgi vaqtda 4 ta metro bekatda ("Buyuk ipak yo‘li", "Amir Temur xiyoboni", “Paxtakor” va “Beruniy”) qurilishi rejalangan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda bo‘lib, qurilishning 1-bosqichi boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112113 | Инструменты