Huawei 1
Tadbirkorlarga mehmonxona bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi

Prezidentning “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xizmatlar sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan:

- mukammal ta’mirlangan, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimi modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yo‘laklari qurilgan, aholi gavjum ko‘chalar savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantiriladi;

- Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari va boshqa shaharlarda ko‘pi bilan har 3-5 ta mahalla uchun mahallalararo savdo-xizmat ko‘chasi tashkil etiladi;

- Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

Tadbirkorlarga 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha:

- yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi;

- foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymati 2 yil amortizasiya xarajatlari sifatida chegirib tashlanadi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha 28 ta tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq – 1 foiz, mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan  mazkur tumanlar va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibi joriy etiladi.

Mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turar joy obyektlari tegishli xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha noturar joy obyekti toifasiga o‘tkazilganda 2024 yil 1 yanvargacha ularga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkasi saqlab qolinadi.

2022 yil 1 yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib o‘rnatiladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim tovarlar (ovoz, tasvir yoki boshqa mu’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish apparaturasi, ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar, proyektorlar, karnaylar, quloqchinlar) 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.

2022-2023 yillar davomida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 640 ta xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, nodavlat maktab va bog‘chalarni qurish sharti bilan tegishli tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqariladi.

Xizmatlar sohasidagi yangi loyihalar uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51108 | Инструменты