Toshkent viloyatida joriy mavsumda qancha loyiha g‘olib bo‘lgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumiga viloyatning 1025 ta mahallalaridan jami bo‘lib 2647 ta takliflar kelib tushdi. Shundan 1884 ta loyihalar saralanib, ovoz berish jarayonlariga qo‘yildi.
Mazkur jarayonlarda viloyat bo‘ylab jami 732 ming 800 ta ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 312,4 milliard so‘mlik 237 ta loyiha g‘olib deb, topildi.
Mazkur mablag‘lar endilikda, mahallalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash, obodonlashtirish va sport tadbirlari uchun sarf etiladi.
Eng ko‘p loyihasi g‘olib bo‘lgan hududlar Nurafshon, Chirchiq, Angren, Olmaliq va Ohangaron shaharlari (19-13 ta loyiha) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82309 | Инструменты