Toshkent shahrida qurilish obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MCHJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1990 y.t. fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirishadi.
Xususan, ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan M.Ulug‘bek tumanidagi 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan avans sifatida 100 ming AQSH dollari, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obyektni noturar toifadan turar toifaga o‘tkazib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming AQSH dollari so‘rab, oldindan 100 ming AQSH dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki “uddaburon” 200 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82217 | Инструменты