Toshkentda O‘zbekiston – Eron Ilm-fan va innovatsiyalar forumi o'tkazildi
Eron vitse prezidenti Sorena Sattoriyning mamlakatimizga tashrifi doirasida bugun, 20-iyul kuni Eronning Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Eron fan va innovasiya forumi” o‘tkazildi. Bu haqda Innovatsion rijojlanish vazirligi xabar berdi.
Forumda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi “Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” direktori Alisher Shukurov qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga samarador innovatsion texnologiyalarini joriy qilish istiqbollari to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Eron Islom Respublikasi vitse-prezident idorasining biotexnologiyalar bo‘yicha sektor kotibi Mustafo Qonei Eronda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyalar bo‘yicha korxonalar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Eronda innovatsiyalarni iqtisodiyotning turli sohalariga tatbiq etish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, startap ekotizimini shakllantirish kabi mas’uliyatli vazifalar katta muvaffaqiyat bilan bajarib kelinmoqda.
Mazkur forum doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi binosining ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston va Eronning innovatsion kompaniyalari va startaplarining mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovatsion ishlanma va mahsulotlari namoyish qilindi. Mazkur ko‘rgazmada Eron tomonidan tibbiyot, chorvachilik, oziq-ovqat va boshqa turli xil sohalarda faoliyat yurituvchi 35 ta yetakchi innovatsion kompaniyalar o‘zlarining mahsulot va loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va Eron mamlakatlarining ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, tibbiyot, axborot texnologiyalari va oziq ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘rgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari o‘rtasida “B2B” uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61710 | Инструменты